Özbekiston mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda – Şavkat Mirziyoyev
26-12-2025, 15:10
178 марта
Özbekiston mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda – Şavkat Mirziyoyev Özbekiston bugun yangiça siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, manaviy munosabatlar asosida yaşab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllayotgan murojaatnomasida malum qildi.
“Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqçiman.
Bugun tarixning özi, hayotning özi zimmamizga buyuk bir masuliyatni yuklamoqda.
Jonajon Vatanimiz bugun yangiça siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, manaviy munosabatlar asosida yaşab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.
Bir bölsak, yagona xalq, yagona millat bölib harakat qilsak, közlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!
Men bu yölda mard va olijanob xalqimizga işonaman! Özbekistonning beqiyos kuçi va imkoniyatlariga, aziz yoşlarimizning azm-u şijoatiga işonaman!
Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini öylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bölib, özini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga çin dildan minnatdorçilik bildiraman”, dedi Prezident Murojaatnoma yakunida.