Yer bilan osmonça farqi bor – Şavkat Mirziyoyev özining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoşi haqida
26-12-2025, 19:59
458 марта

Yer bilan osmonça farqi bor – Şavkat Mirziyoyev özining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoşi haqida
Özbekistonda rahbar lavozimda işlovçi davlat xizmatçilarining maoşlari oşirilgan, şuning uçun ularning iş natijalari uçun masuliyat ham oşgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllayotgan murojaatnomasida söz oçdi.Şavkat Mirziyoyev komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat kuçaytirilişini malum qildi.
“Korruptsiya – davlat taraqqiyotiga tösiq böladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan çiqaradigan, jamiyatda işonç muhitini zaiflaştiradigan eng jiddiy tahdid. Korruptsiyaga yöl qöyiş esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarşi kuraşiş böyiça 2026 yilda “favqulodda holat” elon qilamiz”, deydi davlat rahbari.Barça idoralarda komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazoratga masul örinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yölga qöyiladi. Uşbu rahbarlar – tizimdagi nopok şaxslarni aniqlaş, şuningdek, byudjet mablaği talon-toroj bölişi va mansabni suiistemol qiliş holatlarini oldini oliş böyiça tasirçan nazorat örnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga heç kim tegmaydi”, deganlar adaşadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, içki işlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir söz bilan aytganda, birorta idora va taşkilot nazoratdan çetda qolmaydi. Komplayens xizmatining faoliyatiga tösqinlik qilganlar korruptsiyaga şerik deb baholanadi va javobgarlik şunga mos holda böladi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.Şuningdek, Prezident rahbarlik lavozimidagi amaldorlarining maoşi tartibga solinganini ham aytib ötdi.
“Men hamma rahbarlarning, eng oxirida tuman hokimlarining ham oyligini köpaytirib berganman. Men ham tuman hokimi bölganman, viloyat hokimi bölganman, boş vazir bölganman. Meni oyligim bilan hozirgi rahbarlarnikining yer bilan osmonça farqi bor. Şuning uçun hammamiz şukr deb işlaşimiz kerak. Bu gaplarni oylikni töğrilab bermaganimda aytmagan bölardim. Hamma hozirgi yangi tizimdan rozi bölişi kerak. Vazir ham, hokim ham, tizimdagi hamma kattakonlar ham”, deydi Şavkat Mirziyoyev.