Özbekiston oğir atletikaçilari Qatardagi xalqaro musobaqada ikkinçi örinni egalladi
29-12-2025, 10:28
119 марта

Özbekiston oğir atletikaçilari Qatardagi xalqaro musobaqada ikkinçi örinni egalladi
Xalqaro turnirda muvaffaqiyatli iştirok etgan Özbekiston oğir atletika jamoasi bir qator vazn toifalarida medallar qölga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladiQatarning Doha şahrida oğir atletika böyiça “10th Qatar Weightlifting Cup” xalqaro turnirida Özbekiston jamoasi oçkolar jamğariş böyiça umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada dunyoning qariyb 30 mamlakatidan kuçli atletlar iştirok etdi. Turnir davomida Özbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta oltin, 15 ta kumuş va 5 ta bronza — jami 24 ta medalni qölga kiritdi.
Musobaqani muvaffaqiyatli yakunlagan sportçilar bugun Toşkent şahriga qaytib kelişdi.