Şavkat Mirziyoyev Putinning qarorgohiga qilingan hujumni qatiy qoraladi
30-12-2025, 14:58
2 013 марта

Şavkat Mirziyoyev Putinning qarorgohiga qilingan hujumni qatiy qoraladi
Bugun, 30 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, suhbat avvalida Özbekiston rahbari Rossiya Prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilişga urinişni qatiy qoralagan. Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, şu jumladan uzoq muddatli tinçlikka erişişga qaratilgan say-harakatlarga tahdid solişi takidlangan.
Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtai nazaridan Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqilgan.
Suhbat yakunida yetakçilar kirib kelayotgan yangi – 2026 yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam soğlik, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinçlik-osoyiştalik va bardavom ravnaq tilagan.