USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev muntazam sport zalida maşq qiladi – Qozoğiston Prezidenti

451 марта

Şavkat Mirziyoyev muntazam sport zalida maşq qiladi – Qozoğiston Prezidenti

Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev “Turkiston” gazetasi bergan intervyusida özining, şuningdek, MDH davlatlari yetakçilarining jismoniy faolligi haqida gapirar ekan, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yaxşi faol jismoniy holatda ekanini va muntazam sport zalida maşq qilişini takidladi. 

Töqayev dastlab jurnalistning “yaqinda Prezident Tramp öz soğliği haqidagi malumotlarni elon qildi. Siz esa bu borada yopiqroqsiz. Şu sababli soğliğingiz haqida turli gap-sözlar yuribdi: ayrimlar vazn taşlab, yaxşiroq körina boşladingiz deyişsa, boşqalar buning aksini aytmoqda. Şu masalaga izoh bera olasizmi?”, degan savoliga javob berib, soğliğidan şikoyati yöqligini, qon bosimi barqaror va meyorida ekanini malum qilgan. 


“Har kuni yoga bilan şuğullanaman, ammo meditatsiya qilmayman. Haftasiga bir-ikki marta sobiq professional sportçi bilan stol tennisi öynayman. Haqiqatdan ham töqqiz kilogramm vazn taşladim, bu özimni ança yaxşi his qilişimga yordam berdi”, deydi Qozoğiston yetakçisi. 
Töqayevning aytişiça, MDH yetakçilarining aksariyati soğlom turmuş tarziga amal qiladi. Xususan, u intervyuda Özbekiston Prezidentini jismonan çiniqqan rahbar sifatida tilga olgan. 
“Putin yaqinda Bişkekda bölib ötgan norasmiy tadbirda yoş dzyudoçiga qarşi usul qöllab, keksa avlod şanini himoya qildi. Ilhom Aliyev ham jismonan baquvvat, u muntazam va malakali tarzda maşğulot qiladi. Sadir Japarov futbol öynaydi. Şavkat Mirziyoyev ham yaxşi jismoniy holatda bölib, sport zalida maşq qiladi. Nikol Paşinyan – velosipedçi. Aleksandr Lukaşenko, malum bölişiça, hanuzgaça xokkey öynaydi. Imomali Rahmon ham soğliğidan şikoyat qilmaydi, u jangçi-dengizçiga xos çanqoqqa ega. Demak, barça hamkasblarimizning jismoniy holati alo darajada”, deydi Qozoğiston rahbari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: