USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nestle Özbekistondagi bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qaytarib oladi

334 марта
Nestle Özbekistondagi bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qaytarib oladi

Bolalar ovqatining alohida partiyalari işlatiladigan ingredientlardan birida zararli toksin mavjud bölişi ehtimoli tufayli qaytarib olinadi.

"Nestle Food" MÇJ XK Özbekiston Respublikasi hududida ayrim turdagi çeklangan miqdordagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ixtiyoriy ravişda qaytarib olişni elon qildi. Gap tez eriydigan quruq sut va qatiq aralaşmalari, şuningdek, şifobaxş parhez ovqatlaniş aminokislotalari asosidagi quruq aralaşma haqida bormoqda.

Quyidagi mahsulotlar va partiyalar qaytarib olinadi:
NAN 1 OPTIPRO - partiyalar: 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA;
OPTIPRO - partiyalar: 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611;
NAN qatiqli (0-12 oy) - partiya 51230017A1;
NAN Supreme (0-12 oy) - 52790742C1 partiyasi;
ALFARE Amino - partiyalar: 51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1.

Kompaniya xabariga köra, çaqirib oliş ehtiyot çorasi sifatida amalga oşiriladi va Nestle tomonidan işlab çiqarilgan bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining alohida partiyalarini global ixtiyoriy çaqirib olişning bir qismidir. Bunga sabab taşqi taminotçi tomonidan yetkazib beriladigan ingrediyentlardan biri - araxidon kislotasi tarkibida sereulid toksini mavjudligining aniqlangan potentsial xavfi bölgan.
Nestle’da takidlanişiça, mahsulotlarda uşbu ingrediyent miqdori minimal darajada, Özbekistonda esa oziq-ovqat mahsulotlarida sereulid toksini miqdori böyiça meyorlar mavjud emas. Şunga qaramay, potentsial xatarlarni kamaytiriş böyiça global siyosat doirasida "Nestle Food" MÇJ XK 2026 yil 5 yanvardan boşlab körsatilgan partiyalarni ixtiyoriy ravişda qaytarib oliş çoralarini körişni boşladi.

Qayd etilişiça, qaror kompaniyaning qatiy sifat va xavfsizlik protokollariga muvofiq qabul qilingan. Amalga oşirilayotgan çaqirib oliş töğrisida tegişli tartibga soluvçi organlar xabardor qilingan.

Kompaniya regulyatorlar, istemolçilar va mijozlarga Özbekiston bozorida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar töğrisida barça zarur malumotlarni taqdim etişga tayyor.

Körsatib ötilgan turkumdagi mahsulotlarni sotib olgan istemolçilar ularni "Nestle Food" MÇJ XK tomonidan qöşimça ravişda belgilanadigan tartibda qaytarib olişlari mumkin.
Kompaniyaning takidlaşiça, şarh faqat çeklangan miqdordagi partiyalarga taalluqli bölib, Özbekistonda taqdim etilgan Nestle mahsulotlarining boşqa partiyalari yoki boşqa turdagi bolalar oziq-ovqatlariga taalluqli emas

Изоҳ қолдириш

    • Rayhon Sapaeva 7 Yanvar 2026 08:22
      Ассалому алайкум мени брлам НОН 2 дан ичали уни ичирсам булалими хафли емасми
    • Aziza bogiyeva 7 Yanvar 2026 12:06
      Bolamga nan 1 optipro bergandim shu sifrdaki sme bizda bor undan bolam istemol qilgan shuni olgan joyimizga qaytarib topshirib pullarimizni qaytarib olishimiz mumkinmi

Мавзуга алоқадор: