Propan narxi oşganiga izoh berildi
11-01-2026, 14:34
1 852 марта

Propan narxi oşganiga izoh berildi
Suyultirilgan gaz (propan) bozorda import mahsulot uluşi va narxining oşişi hisobiga qimmatladi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.Qömita malumotlariga köra, 2025 yilda birja savdolarida jami 358 ming tonna propan sotilgan bölib, şundan 61 foizi (219 ming tonna) mahalliy va 39 foizi import mahsulot hissasiga töğri kelgan.
Yanvar-iyul oylarida içki bozorda mahalliy mahsulotning uluşi yuqori bölib, örtaça 80 foizgaçani taşkil etgan. Avgust oyidan boşlab bu körsatkiç kamayib borgan va dekabr (35 foiz) oyi va yanvarning ötgan davrida 10 foizgaça qisqargan.
“Bunga asosiy sabab – mahalliy mahsulotning aholi va ijtimoiy soha obektlariga yönaltirilganligi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, qömita tomonidan propan narxiga nisbatan boşlanğiç narxdan oşiriş çegarasi köpi bilan 20 foiz (spred) etib belgilanişi, 1 ta savdo sessiyasida 5 tonna (bungaça – 10 tonna) xarid limiti örnatilişi hisobiga mahalliy mahsulot sotiliş narxi yil davomida tonnasiga 7 mln sömdan oşmagan.
Ayni paytda import mahsulot narxi 8 mln sömgaça şakllangan.
Şu örinda qömita mahalliy va import mahsulot örtasida mavjud narx tafovutini eslatib, sönggi vaqtlarda propan qimmatlaşganini import mahsulot uluşi va narxlari ösişi bilan izohlagan.
“Mahalliy va import mahsulotning boşlanğiç (50 foiz) va sotiliş (35 foiz) narxi örtasida 40 foizgaça tafovut mavjud. Biroq sönggi oylarda içki bozorda import mahsulot uluşi va talabning oşişi hisobiga birja savdolaridagi örtaça narx import mahsulot hisobiga şakllanmoqda. Şuningdek, tadbirkorlik subektlari tomonidan import mahsulotning boşlanğiç narxlari oşirilişi sababli bugungi kunda 1 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti örtaça 9,5 mln sömgaça sotilmoqda – dekabrga nisbatan ösiş 20 foiz”, deyiladi xabarda.