USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonliklar yiliga 2,1 litr alkogol istemol qiladi

137 марта

Özbekistonliklar yiliga 2,1 litr alkogol istemol qiladi

Özbekistonda bir kişi yiliga örtaça 2,1 litr sof alkogol istemol qiladi. Bu haqda World Population Review’ning Alcohol Consumption by Country 2026 reytingida keltirilgan.
Mazkur körsatkiç bilan Özbekiston MDH davlatlari orasida 7-örinda qayd etilgan. Reytingda Rossiya va Belarus alkogol istemoli eng yuqori bölgan davlatlar sifatida körsatilgan.

MDH mamlakatlari böyiça yillik alkogol istemoli (bir kişi hisobida) quyidagiça:
  • Rossiya — 16,8 litr
  • Belarus — 11,6 litr
  • Qozoğiston — 6,38 litr
  • Moldova — 4,79 litr
  • Armaniston — 4,28 litr
  • Ozarbayjon — 2,49 litr
  • Özbekiston — 2,1 litr
  • Turkmaniston — 1,26 litr
  • Qirğiziston — 0,72 litr.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida alkogol istemoli darajasi Yevropa davlatlariga nisbatan past körsatkiçlarda qayd etilgan.
Dunyoda eng köp alkogol istemol qiluvçi davlatlar:
  • Ruminiya — 17,1 litr
  • Gruziya — 15,5 litr
  • Latviya — 14,7 litr
  • Moldova — 14,1 litr
  • Çexiya — 13,7 litr.
  • Özbekistonda zöravonlikka uçragan ayollarning juda köpi turmuş örtoqlarining zararli odatlari borligini bildirdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan olib borilgan sörov natijalariga köra, zöravonlikka uçragan ayollarning aksariyati turmuş örtoqlarida zararli odatlar borligini bildirgan. Ayniqsa, şaharlik respondentlar orasida bu körsatkiç bir oz yuqoriroq.

Ayollar turmuş örtoqlarining qariyb 45 foizi spirtli içimlik istemol qilişini aytgan. Ularning 45,6 foizi har kuni yoki deyarli har kuni içişi qayd etilgan. Tadqiqotlar alkogol istemoli darajasi va oiladagi zöravonlik ehtimoli örtasida sezilarli boğliqlik borligini körsatmoqda. Muntazam içadigan erkaklarda zöravonlik sodir etiş holatlari yuqoriroq, bolani parvarişlaşdagi iştirok esa ança past böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: