Özbekiston Koreyani mağlub etib, çorak finalga yöl oldi
13-01-2026, 19:34
95 марта

Özbekiston Koreyani mağlub etib, çorak finalga yöl oldi
Bugun, 13 yanvar kuni Özbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi 3-tur doirasida Janubiy Koreyaga qarşi bahs olib bordi. Unda Ravşan Haydarov şogirdlari raqiblarini 2:0 hisobida mağlubiyatga uçratib, musobaqaning pley-off bosqiçiga yöl oldi.Uçraşuvda hisob ikkinçi bölimning 48-daqiqasida oçildi. Behruz Karimovning goli Özbekistonni hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, 70-daqiqada esa Saidumarxon Saidnurullayevning goli hisobni 2:0 körinişga kelişini taminladi. Öyin yakuniga qadar uşbu hisob saqlanib qoldi va Ravşan Haydarov şogirdlari guruh bosqiçini muvaffaqiyatli yakunladi.

Malumot uçun, Saudiya Arabistoni mezbonligida ötkazilayotgan musobaqada Özbekiston olimpiya terma jamoasi 1-turda Livanga qarşi uçraşuvda Amirbek Saidov, Ravşan Xayrullayev va Sardor Bahromovning gollari evaziga 3:2 hisobida ğalaba qozondi.