USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Rossiya samolyotlari töqnaşib ketişiga sal qoldi

761 марта

Özbekiston va Rossiya samolyotlari töqnaşib ketişiga sal qoldi

Qozoğiston havo hududida Özbekiston va Rossiya aviakompaniyalariga tegişli yölovçi samolyotlari iştirokida jiddiy aviatsion favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi Transport hodisalari va favqulodda vaziyatlarni tekşiriş departamenti izohiga tayanib “Kazinform” agentligi xabar berdi.  


Qayd etilişiça, hodisa 10 yanvar kuni ertalab Çimkent hududiy dispetçerlik markazi nazorat hududida sodir bölgan va hozirda holat böyiça maxsus tekşiruv boşlangan. 

Departamentga köra, Çimkent hududiy dispetçerlik markazining A2I sektori nazorat hududida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Termiz – Moskva yönalişidagi UZB9609 reysi hamda “Pobeda” aviakompaniyasining Vnukovo – Samarqand yönalişidagi PBD997 reysiga xizmat körsatiş vaqtida aviatsiya hodisasi yuz bergan. 

Idora tasnifiga köra, uşbu holat jiddiy aviatsiya favqulodda holati sanaladi va u vakolatli organ tomonidan majburiy tartibda tekşiruvdan ötkaziladi. Tekşiruvni ötkaziş uçun Transport vazirligida maxsus komissiya tuziladi. 

“Tekşiruv muddati komissiya tayinlaş töğrisidagi buyruq çiqarilgan kundan boşlab yakuniy hisobot tasdiqlangunga qadar, qöşimça tadqiqot va işlar talab etilmasa, odatda uç oydan oşmaydi, deya malum qilgan departament matbuot xizmati. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: