USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saida Mirziyoyeva hakamlik qilgan Şayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlari elon qilindi

121 марта

Saida Mirziyoyeva hakamlik qilgan Şayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlari elon qilindi

Manba: Zayedaward
Birlaştirilgan Arab Amirliklarida Şayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofotining 2026-yilgi sovrindorlari elon qilindi. Mazkur nufuzli xalqaro mukofot dinlararo totuvlik, özaro hurmat, ijtimoiy adolat va inson salohiyatini rivojlantiriş yölida muhim hissa qöşgan şaxslar hamda institutlarni taqdirlaşga qaratilgan.

Joriy yilda mukofot sovrindorlari sifatida Ozarbayjon va Armaniston örtasida imzolangan tarixiy tinçlik kelişuvi, şuningdek, afğon qizlari talimi himoyaçisi, huquq faoli Zarqa Yaftali etirof etildi. Tinçlik bitimi Kavkaz mintaqasida önlab yillar davom etgan keskinlik va mojarolarni barham toptirişga qaratilgan muhim siyosiy qaror sifatida baholandi.
Mukofot sovrindorlarini tanlaş jarayoni xalqaro miqyosda tan olingan mustaqil hakamlar hayati tomonidan amalga oşirildi. Hayat tarkibida turli mintaqalardan yetuk siyosiy, diniy va gumanitar arboblar bilan bir qatorda, Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham iştirok etdi. U Markaziy Osiyodan uşbu hayatga kiritilgan birinçi va hozirça yagona vakil hisoblanadi.
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali
2026 yilgi mukofot sovrindorlari orasida etirof etilgan tinçlik kelişuvi ikki davlat rahbariyatining murakkab tarixiy ziddiyatlarni muloqot va kelişuv yöli bilan hal etişga bölgan siyosiy irodasini ifodalaydi. Ozarbayjon Prezidenti Ilham Aliyev uşbu mukofotni mintaqaviy va global tinçlik yölidagi say-harakatlarga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilganini takidladi. Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan esa mukofotni umumiy va jamoaviy yutuq, ikki xalq örtasida işonçni mustahkamlovçi ramziy etirof sifatida baholadi.
Huquq himoyaçisi Zarqa Yaftali esa mukofotning unga berilişi afğon ayollari va qizlari uçun muhim umid va dalda bölişini qayd etdi. U köp yillar davomida talim oliş imkoniyatidan mahrum qatlamlar uçun bilim resurslari, ijtimoiy-psixologik yordam va mahalliy darajadagi qöllab-quvvatlaş xizmatlarini yölga qöygan.
Şayx Zayed nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti 2019 yilda Abu Dabida Rim papasi Frantsisk va Al-Azhar boş imomi Ahmad at-Tayyib örtasidagi tarixiy uçraşuv şarafiga tasis etilgan. Öşandan buyon mukofot dunyoning turli mintaqalaridan bölgan önlab yetakçi şaxslar va taşkilotlarga topşirilib kelinmoqda.
2026 yilgi sovrindorlarni taqdirlaş marosimi 4 fevral kuni, BMT tomonidan etirof etilgan Xalqaro insoniy birodarlik kunida Abu Dabi şahrida bölib ötadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: