Krasnoyarskka favqulodda qöndirilgan Özbekiston samolyoti manziliga jönab ketdi
22-01-2026, 13:08
318 марта

Krasnoyarskka favqulodda qöndirilgan Özbekiston samolyoti manziliga jönab ketdi
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toşkentdan Vladivostokka uçgan va Krasnoyarskka favqulodda qöngan reysi belgilangan manzilga jönab ketdi. Bu haqda Krasnoyarsk xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.“Samolyot [Krasnoyarskdan] mahalliy vaqt bilan soat 07:11 da (Toşkent vaqti bilan 05:11 da) uçib ketdi”, deyilgan xabarda.21 yanvar kuni samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da Krasnoyarsk aeroportiga texnik sabablarga köra favqulodda qönişni amalga oşirdi. Malumotlarga köra, Boeing 767-300 bortida 101 yölovçi, 5 nafar ekipaj azosi va 16 nafar bort kuzatuvçisi bölgan, heç kim jabrlanmagan. Ğarbiy Sibir transport prokuraturasining malum qilişiça, havo kemasi vaqtinça foydalanişdan çetlatilgan. Krasnoyarsk transport prokuraturasi yölovçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça nazorat tadbirlarini ötkazmoqda.
Aviakompaniyaning Telegram-kanalida xabar qilinişiça, zaxira samolyoti Boeing 767-300 yölovçilarini özgartirilgan jadval böyiça Vladivostokka olib boradi.
“Rossiya Federatsiyasining Havo kodeksi va Federal aviatsiya qoidalariga muvofiq, parvozni dastlabki yönaliş böyiça amalga oşirişning iloji bölmadi. Şu munosabat bilan yölovçilarni taşiş majburiy tartibda özgartirilgan jadval böyiça zaxira havo kemasi yordamida amalga oşiriladi”, deyiladi xabarda. Krasnoyarsk aeroporti matbuot xizmatining tuşuntirişiça, bort Toşkentga uçgan, u yerda yölovçilar bojxona tartib-taomillaridan ötişlari kerak.