Abdulaziz Komilov Özbekiston nega “Tinçlik kengaşi”ga qöşilganini aytdi.
23-01-2026, 15:47
593 марта

Abdulaziz Komilov Özbekiston nega “Tinçlik kengaşi”ga qöşilganini aytdi.
Keça, 22 yanvar kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Davosda AQŞ Prezidenti Donald Tramp taşabbusi bilan taşkil etilgan Ğazo böyiça “Tinçlik kengaşi” nizomini imzoladi va kengaşning tasisçi davlatlaridan biriga aylandi. Özbekiston Prezidentining maslahatçisi, sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatning nega “Tinçlik kengaşi”ga qöşilganini aytdi. Bu haqda u “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.“Tinçlik kengaşi”ning oldida turgan vazifa, avvalambor, Ğazo inqirozini hal qiliş. Bizning Prezidentimiz Donald Trampning taklifini qabul qilib, rozilik berdilar. Savol tuğiladi: biz nima uçun bu taşabbusini qöllab-quvatladik? Birinçidan, xavfsizlik nuqtai nazaridan, albatta, bizning manfaatlarimiz bor. Ikkinçidan, mana şu kengaşning oldida turgan vazifalar, maqsadlar bizning taşqi siyosatimizda asosiy tamoyillariga töliq javob beradi va mos keladi. Uçinçidan, haqiqatan ham bu mintaqada bizning juda jiddiy hayotiy manfaatlarimiz bor”, deydi u.