Xorijda qiyin ahvolga tuşib qolgan özbekistonliklarni qaytariş uçun 2025 yilda qariyb 16 mlrd söm ajratildi
26-01-2026, 17:37
106 марта

Xorijda qiyin ahvolga tuşib qolgan özbekistonliklarni qaytariş uçun 2025 yilda qariyb 16 mlrd söm ajratildi
Migratsiya agentligi 2025 yilda çet elda oğir ahvolga tuşib qolgan neçta fuqaro ortga qaytarilgani hamda xorijdagi fuqarolarga iş beruvçilardan qança mablağ undirib berilganini malum qildi.Qayd etilişiça, ötgan yilda murakkab moliyaviy ahvolga tuşib qolgan 3 709 nafar özbekistonlik 22 ta davlatdan ortga qaytarilgan. Uşbu tadbirlarga esa 15,9 milliard söm ajratilgan.
Butunjahon odam savdosiga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan 30 iyul—30 avgust kunlari ilk bor amalga oşirilgan “Vatanga qaytariş” xayriya aktsiyalarining özida 1 300 kişi yurtga olib kelingan. Bunda 66 nafar fuqaro baxtsiz hodisa yoki oğir kasallikdan söng qaytarilgan.
Şu bilan birga, oylik iş haqlarini kompensatsiya qiliş böyiça 3 089 nafar fuqaroning murojaatlari körib çiqildi. Ularga jami 1,9 million dollar çet ellik iş beruvçilardan undirib berildi.
Yilda davomida işsiz qolgan 9 249 nafar özbekistonlikning bandligi taminlanib, 406 nafar fuqaroning olib qöyilgan şaxsni tasdiqlovçi hujjatlari qaytarilgan.