Özbekiston va Turkiyaning birinçi xonimlari uçraşdi
30-01-2026, 10:26
135 марта

Özbekiston va Turkiyaning birinçi xonimlari uçraşdi
Keça, 29 yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning rafiqasi Emina Erdöğan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan Anqarada uçraşdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.Emina Erdöğan mehmonni “Anqara Palas” muzeyi kirişida kutib olib, uni Usmoniylar va Respublika davriga oid noyob asarlar – Hereke töqimalari, Yildiz çinnilari hamda diplomatik sovğalar namoyiş etilgan muzey böylab taniştirgan. Milliy saroylar boşqarmasi rahbari Yasin Yildiz eksponatlar haqida malumot bergan.
Ziroat Mirziyoyeva Anadolu kaştaçilik uslublariga alohida qiziqiş bildirib, bunday texnikalar asosida Özbekistonda ham mahsulotlar işlab çiqarişni istaşini aytgan. U, şuningdek, Yildiz çinnilarining Özbekistonda namoyiş etilişi uni xursand qilişini takidlagan.
Liderlar rafiqalari “Anqara Palas” muzeyida yetuklaşuv institutlarida tayyorlangan qöğirçoqlar, çinni va sopol buyumlarni ham tomoşa qilgan. Ziroat Mirziyoyeva bu kaştaçilik usullarini özbekistonlik sanatkorlarga örgatiş maqsadida institut ustozlarini Özbekistonga taklif qilgan.