Özbekistonda 2026 yilda 140 mingta uy-joy quriladi
3-02-2026, 22:30
233 марта

Özbekistonda 2026 yilda 140 mingta uy-joy quriladi
Özbekistonda 2026 yilda 140 ming, 2027 yilda 150 ming va 2028 yilda 160 ming xonadonli uy-joylar quriş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 3 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan urbanizatsiya va uy-joy qurilişida yangiça yondaşuvlarni joriy etiş yuzasidan taqdimotda söz boradi.Qayd etilişiça, aholining uy-joyga bölgan talabini qondiriş maqsadida sönggi 8 yilda mamlakatda 120 million kvadrat metr yoki 600 mingdan ziyod xonadonlar qurilib, foydalanişga topşirilgan. Uy-joy sotib olişga kömaklaşiş uçun 541 ming nafar fuqaroga 103 trillion söm arzon ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratilgan.
Quriliş işlarining kölami kengaygani quriliş materiallari sanoati rivojiga katta turtki berib, köplab hududlarning “drayveri”ga aylangan. Urbanizatsiya darajasi 1991 yildagi 40,3 foizdan 51 foizga yetgan.
Bildirilişiça, davlat rahbari qilingan işlar hali yetarli emasligini körsatib ötgan. Respublika böyiça har yili 200 mingtaga yaqin yangi oila taşkil topmoqda. Bu yangi uylar, yöllar va ijtimoiy infratuzilmaga talab yanada ortadi degani. Qolaversa, hozirda aholining bir kişi boşiga örtaça 18,9 kvadrat metr turar joy maydoni töğri kelmoqda. Bu körsatkiçni kamida 23 kvadrat metrga yetkaziş uçun 2040 yilgaça yangi uy-joy qurilişi suratini 280 mingtaga oşiriş lozim.
Şu maqsadda urbanizatsiya sohasida boşqaruv yangi tizim asosida yölga qöyilib, alohida qömita tuzilgan, uning oldiga uy-joy quriş hajmlarini bosqiçma-bosqiç oşiriş vazifasi qöyilgan. Xususan, 2026 yilda 140 ming, 2027 yilda 150 ming va 2028 yilda 160 ming xonadonli uy-joylar quriş rejalaştirilgan.
Prezident biznes va startaplar rivoji uçun şaroit yaratiş, sanoat va AT klasterlarini şakllantiriş, mehnat unumdorligini oşirişda aql bilan taşkil etilgan urbanizatsiya muhim örin tutişini takidlagan.
Taqdimotda yer resurslaridan samarali foydalaniş masalalariga ham alohida etibor qaratilgan. Xalqaro taşkilotlarning hisob-kitoblariga köra, aholi punktlari tartibsiz kengayib borişi ayrim hududlarda kelgusida ekin yerlarining tanqisligiga olib kelişi mumkin.
Şu munosabat bilan eskirgan uy-joy fondini yangilaş, uy-joy qurilişida renovatsiya uluşini oşiriş zarurligi takidlangan. Bunda renovatsiya hissasini hozirgi 15 foizdan 2040 yilga qadar 60 foizga yetkaziş, “Yangi Özbekiston” massivlarini barpo etişni kengaytirib, 120 taga yetkaziş zarurligi qayd etilgan.
Bugungi kunda quriliş sohasidagi ruxsat oliş jarayonlari 9 ta bosqiçdan iborat bölib, örtaça 90-120 kun vaqt talab qilmoqda. Şu bilan birga, xalqaro amaliyotda “qurilişga tayyor yer” mexanizmi orqali bu işlarga ketadigan vaqt 7-15 kunni taşkil etayotgani körsatib ötilgan.
Mamlakatda uşbu tizimni joriy etiş taklif qilingan. Unga köra, barça tayyorgarlik jarayonlari va ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş yer maydonlari auktsionga qöyilişidan oldin bajariladi. Natijada tadbirkor auktsionda yerni yutib olgandan söng qöşimça hujjat yiğmasdan va kelişuvlardan ötmasdan, barça hujjatlarni avtomatik tarzda oliş imkoniga ega böladi. Qurilişga tayyor bölmagan yerlarni auktsionga çiqariş taqiqlanadi, jarayonlar esa şaffof va qisqa muddatlarda amalga oşirilişi taminlanadi.
Quriliş sifati, birinçi navbatda, loyiha hujjatlariga boğliq. “ToşboşplanLITI”, “ÖzşaharsozlikLITI”, “ÖzGAŞKLITI”, “Qişloq quriliş loyiha” taşkilotlarining faoliyatini tubdan yaxşilaş, buning uçun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş va zamonaviy boşqaruv tizimini joriy qiliş zarurligi qayd etilgan.
Urbanizatsiya va uy-joy qurilişi jarayonlarini töğri va samarali rejalaştiriş uçun raqamli texnologiyalardan keng foydalaniş kerak. Bu borada taqdimotda boş va master rejalarning yagona malumotlar bazasi, qurilişga tayyor yer maydonlari bazasi – “Er banki”, köp kvartirali uylarning yagona geoaxborot bazasi, “eskrou” tizimi, quruvçilar reytingi va boşqalardan iborat “Uy-joy” axborot tizimini işlab çiqiş taklif etilgan.