Şavkat Mirziyoyev Pokistonga boradi
4-02-2026, 22:13
159 марта

Şavkat Mirziyoyev Pokistonga boradi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarifning taklifiga binoan joriy yilning 5-6 fevral kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, dasturga muvofiq, Islomobodda Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy, Boş vazir Şahboz Şarif, Mudofaa kuçlari Oliy Boş qömondoni – Qurolli Kuçlarning quruqlikdagi qöşinlar qömondoni, feldmarşal Asim Munir bilan muzokaralar hamda Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişini ötkaziş rejalaştirilgan.
Özbekiston bilan Pokiston örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş masalalari oliy darajadagi muloqotlar kun tartibining markazida böladi.
Siyosiy muloqotni kengaytiriş, ikki mamlakat hukumatlari, parlamentlari, işbilarmon doiralari hamda hududlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşning muhim jihatlari har tomonlama körib çiqiladi.
Tomonlar tovar ayirboşlaşni oşirişga, sanoat, transport va infratuzilma, turizm sohalaridagi hamkorlik loyihalarini ilgari surişga hamda madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirişga alohida etibor qaratadilar.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiladi.
Muzokaralar yakunida Qöşma deklaratsiya va ustuvor sohalar böyiça kelişuvlarning salmoqli töplami imzolanişi kutilmoqda.