USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2 nafar markaziy osiyolik AQŞda milliardlab dollarlik firibgarlikda ayblanmoqda

403 марта

2 nafar markaziy osiyolik AQŞda milliardlab dollarlik firibgarlikda ayblanmoqda

Çikagodagi federal prokurorlar Qozoğistonning ikki nafar fuqarosiga Medicare dasturi va tibbiy suğurta bilan boğliq yirik firibgarlik sxemalarini taşkil etganlik ayblovini qöydi. Tergov malumotlariga köra, ularning harakatlari oqibatida davlat dasturlari va xususiy suğurta kompaniyalari 1 milliard dollardan ortiq zarar körgan. Bu haqda CWBÇicago xabar berdi.

Ayblanuvçilardan biri Anvar Abdrahmonov. U Kentukki ştatida qonuniy röyxatdan ötgan Priority One Medical Equipment kompaniyasi ustidan nazoratni egallab olib, undan Medicare dasturi doirasida soxta hisob-kitoblar taqdim etiş uçun foydalanganlikda ayblanmoqda. Ayblovga köra, 2024 yil martidan avgustigaça kompaniya uzluksiz glyukoza monitoringi qurilmalari va kateterlar uçun qariyb 666 million dollarlik hisob-fakturalarni yuborgan.
Sud hujjatlariga köra, Anvar Abdrahmonov AQŞga 2023 yil may oyida yozgi iş vizasi bilan kirgan, uşbu viza muddati öşa yil sentyabrida tugagan bölsa-da, u mamlakatda qolişda davom etgan. 2024 yil aprel oyida kompaniyaning avvalgi egasi uni sotgaç, Abdrahmonov Priority One kompaniyasining azosi va menejeri bölgan.

2024 yil mayidan avgustigaça Medicare Priority One kompaniyasi böyiça qariyb 250 ta şikoyat olgan. Nafaqa oluvçilarning köpçiligi kompaniyadan heç qanday mahsulot yoki xizmat xarid qilmaganini bildirgan. Illinoys ştatidagi Medicare nafaqaxörlaridan olti nafari tergovçilarga diabetga oid jihozlarni buyurtma qilmaganini va olmaganini aytgan, ayrimlari esa umuman diabet bilan oğrimaganini malum qilgan.

2024 yil iyul oyida Kentukkidagi Priority One ofisini kuzatgan tergovçilar bino yopiq va böş köringanini qayd etgan. Yollangan xodimlar ularning vazifasi faqat poçta xatlarini olib, ularni şifrlangan Telegram ilovasi orqali şaxsan heç qaçon körmagan rahbarga yuborişdan iborat bölganini aytgan. Sud hujjatlarida FedEx orqali yuborilgan çeklar Çikago atrofi manzillariga yönaltirilgani körsatilgan. Xodimlardan biri kompaniyaga berilgan 1 million dollarlik çekni yöqotib qöyganini, keyinçalik u topilgaç, 2 ming dollar miqdorida mukofot olganini bildirgan.

Medicare 2024 yil iyul oyida Priority One kompaniyasiga tölovlarni mablağlar taqsimlana boşlanişidan oldin töxtatgan. Şu bilan birga, tergov malumotlariga köra, Medigap suğurta kompaniyalari davolar böyiça kamida 450 ming dollar tölab bergan. Moliyaviy hujjatlar Anvar Abdrahmonov taxminan 182 ming dollarni Gonkongdagi hisob-raqamlarga ötkazganini va yana 200 ming dollardan ortiq mablağni çet elga yuborişga uringanini körsatadi. 2024 yil avgustida u Priority One hisobiga Medigap suğurta kompaniyalaridan olingan qariyb 22,5 ming dollarlik 30 ta çekni ham kiritgan.

Iş böyiça ikkinçi gumondor Çikago hududida yaşovçi Toir Smagul. U Medicare dasturi bilan boğliq firibgarlikdan olingan mablağlarni yuviş maqsadida til biriktirganlikda ayblanmoqda. Tergov uni Konnektikut ştatidagi Medical Home Care Inc. kompaniyasi bilan boğlaydi.

Prokuratura versiyasiga köra, 2023 yil dekabridan 2024 yil sentabriga qadar Toir Smagul kompaniyani nazorat qilgan va tibbiy jihatdan zarur bölmagan, köpinça esa umuman yetkazib berilmagan kateterlar hamda boşqa tibbiy uskunalar uçun Medicare va Medigap dasturlariga butun mamlakat böylab hisob-fakturalar taqdim etiş sxemasida iştirok etgan.
Ayblov xulosasiga köra, Medical Home Care 2023 yil mayidan 2024 yil iyunigaça bölgan davrda qariyb 470 mingta davo arizasini taqdim etib, ularning umumiy summasi taxminan 953 million dollarni taşkil etgan. Şu vaqt oraliğida Medicare suğurtalangan şaxslardan 27 mingdan ortiq şikoyat olgan.

Tergovçilar Medicare dasturidan nafaqa oluvçi 19 nafar şaxsni, jumladan, Illinoys ştatidagi beş kişini söroq qilgan. Ularning barçasi kateterlar olmaganini aytgan. Uskunalarni buyurgan deb körsatilgan uç nafar tibbiyot xodimi esa bunday buyurtmalarni bermaganini va körsatilgan şaxslar ularning bemorlari emasligini bildirgan.
Moliyaviy hujjatlarga köra, Medigap suğurta taşkilotlari 2024 yil yanvar–fevral oylarida Medical Home Care tomonidan taqdim etilgan soxta davolar böyiça kamida 854 ming dollar tölagan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: