Şovotlik ota farzandi voyaga yetgunga qadar bölgan aliment pullarini bir yöla töladi
5-05-2025, 06:15
633 марта

Byuroning Şovot tumani bölimi iş yurituviga sudning buyruğiga asosan qarzdor J.J.dan undiruvçi B.B. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taminoti uçun 1/4 qismi miqdorida aliment undiriş töğrisidagi ijro hujjati kelib tuşgan va ijro işi qözğatilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida aliment tölovlarini öz vaqtida tölab kelgan ota bir nafar farzandining moddiy taminoti uçun farzandi voyaga yetguniga qadar bölgan aliment pullarini oldindan tölab beriş istagini bildirgan.
Şunga köra, otadan voyaga yetmagan bir nafar farzandi to u voyaga yetguniga qadar bölgan davr uçun hisoblangan 55.484.156 söm miqdorida aliment pullari undirilib berilişi taminlandi.