Şavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefonda gaplaşdi
10-02-2026, 20:41
140 марта

Şavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefonda gaplaşdi
Bugun, 10 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, suhbat davomida Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqilgan.
Tovar ayirboşlaş surati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oşirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, şu jumladan “Xitoy - Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli va Qambarota gidroelektrstantsiyasi qurilişi böyiça birgalikdagi işlar davom ettirilmoqda.
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almaşgan, bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qilgan.