Prezident rahbarlarning “dangasaligi”ni tanqid qildi: qöşilgan qiymat nega past?
13-02-2026, 14:55
359 марта
Prezident rahbarlarning “dangasaligi”ni tanqid qildi: qöşilgan qiymat nega past?Şavkat Mirziyoyev rahbarlarning iş uslubini keskin tanqid qildi. Davlat rahbariga köra, ayrim mutasaddilar katta marralarni közlab, taşabbus bilan işlaş örniga, heç qanday jiddiy özgariş qilmasa ham “öz-özidan bajariladigan” rejalar bilan çeklanib qolmoqda.
Prezident takidlaşiça, bu yondaşuv mamlakat iqtisodiyotini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga tösqinlik qilmoqda. Ayniqsa, sanoat tarmoqlarida qöşilgan qiymatni oşiriş masalasi dolzarbligiça qolmoqda.
Qöşilgan qiymat ösgan, ammo tarmoqlarda holat turliça
Sönggi uç yil içida sanoatda qöşilgan qiymat uluşi 40,7 foizdan 43 foizgaça kötarilgan. Bu ijobiy dinamika sifatida baholanmoqda.
Biroq ayrim yirik tarmoqlarda körsatkiçlar hali ham past darajada:
- Avtomobil işlab çiqarişda — 20,7 foiz
- Elektr uskunalari sohasida — 29,3 foiz
- Oziq-ovqat sanoatida — 30,1 foiz
- Çarm sanoatida — 33,4 foiz
- Kimyo sanoatida — 40,4 foiz
“Katta marra” örniga oson rejalar
Prezident sözlariga köra, ayrim rahbarlar real islohotlar ötkaziş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yölga qöyiş va eksportbop mahsulotlar tayyorlaş örniga, minimal natija beradigan, xavfsiz va oson rejalar bilan çeklanib qolmoqda.
Bu esa sanoatni çuqur qayta işlaş, innovatsiya joriy etiş va yuqori daromadli mahsulot işlab çiqariş suratini sekinlaştirmoqda.
Masala nimaga borib taqaladi?
Mutaxassislar fikriça, qöşilgan qiymat past bölişi:
- xom aşyo eksportiga qaramlik,
- texnologiyalarning yetarli emasligi,
- mahalliylaştiriş darajasining pastligi,
- ilmiy-tadqiqot va innovatsiyaga sarmoya kamligi bilan boğliq bölişi mumkin.
Iqtisodiy islohotlarning navbatdagi bosqiçida aynan sifat, samaradorlik va yuqori daromadli işlab çiqariş ustuvor vazifa bölişi kutilmoqda.