Atrofdagilardan qurol söragan fuqaro şifoxonaga joylaştirildi
15-02-2026, 17:53
351 марта

Atrofdagilardan qurol söragan fuqaro şifoxonaga joylaştirildi
Keça, 14 fevral kuni atrofdagilarga özining uyali telefoni orqali qurol suratini körsatib, uni qayerdan xarid qiliş mumkinligini söragan fuqaro ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasiga joylaştirildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.Aniqlanişiça, Toşkent şahar Mirobod tumani Taras Şevçenko köçasida 2006 yilda tuğilgan S.M. ismli fuqaro atrofdagilarga özining uyali telefoni orqali qurol suratini körsatib, uni qayerdan xarid qiliş mumkinligi haqida söragan. Şundan söng u voqea joyini tark etgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani Içki işlar organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruv davomida mazkur fuqaroning ruhiy nosoğlom ekani aniqlanib, ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasiga joylaştirilgan.
Tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi malum qilingan.