2026 yil uçun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi
17-02-2026, 13:26
1 176 марта

2026 yil uçun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2026 / hijriy 1447 yilgi Ramazon oyi uçun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori böyiça qarori qabul qilindi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.Unga köra:
Zakot nisobi – Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uçun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib çiqib 100 000 000 (yuz million) söm deb belgiladi. Şunga köra, kamida 85 gramm tilla yoki 100 000 000 (yuz million) söm pul mablaği yoki uşbu qiymatdagi tijorat moli bölgan kişi, jami mablağining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida kambağallarga berişi farzdir.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagiça belgilandi:
- ≈ 2 kg buğdoy yoki uning qiymati – 10 000 (ön ming) söm;
- ≈ 2 kg buğdoy uni yoki uning qiymati – 12 000 (ön ikki ming) söm;
- ≈ 4 kg arpa yoki uning qiymati – 20 000 (yigirma ming) söm;
- ≈ 2 kg mayiz yoki uning qiymati – 110 000 (bir yuz ön ming) söm;
- ≈ 4 kg xurmo yoki uning qiymati – 200 000 (ikki yuz ming) söm deb belgilandi.

Har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu beş mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida kambağalga bersa kifoya qiladi. Fitr sadaqasini Ramazon oyi davomida hayit namozi öqilgunga qadar beriş kerak böladi.
Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil böladi. Şunday ekan, har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu beş mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida beradi.