USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va boşqa davlatlar Ğazoni tiklaş uçun 7 mlrd dollar ajratadi – Tramp

191 марта

Özbekiston va boşqa davlatlar Ğazoni tiklaş uçun 7 mlrd dollar ajratadi – Tramp

Töqqiz davlat – Qozoğiston, Ozarbayjon, BAA, Marokaş, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, Özbekiston va Quvayt “Tinçlik kengaşi” uçun jami 7 mlrd dollar ajratiş majburiyatini oldi. Bu haqda AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 19 fevral kuni “Tinçlik kengaşi”ning birinçi yiğilişida aytib ötdi.

Tramp Vaşingtonda taşkil etgan bahsli “Tinçlik kengaşi”ning birinçi yiğilişida vayron bölgan Ğazo sektori uçun keng kölamli yordam paketini elon qilgan. Unga köra, töqqiz davlat – Qozoğiston, Ozarbayjon, BAA, Marokaş, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, Özbekiston va Quvayt jami 7 mlrd dollar ajratiş majburiyatini olgan.

Trampning özi ham “tinçlikdan muhimroq narsa yöq” deya, kengaş ehtiyojlari uçun qöşimça 10 mlrd dollar ajratişga vada bergan. Bu qaror Vaşingtonning BMTning ayrim tuzilmalari – Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Falastinlik qoçqinlarga yordam agentligini moliyalaştirişni töxtatişi hamda BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş tomonidan taşkilot “moliyaviy tanazzul yoqasiga kelib qolgani” haqida ogohlantirişlar yangragan bir paytga töğri kelgan.
Qolaversa, HAMAS bilan uzoq muddatli tinçlikni taminlaş maqsadida beş davlat öz harbiylarini yuborişga tayyorligini bildirgan. Kelgusidagi Xalqaro barqarorlaştiriş kuçlari tarkibiga Qozoğiston, Marokaş, Albaniya, Kosovo va Indoneziya kontingentlari kiradi. Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev mamlakat harbiy bölinmalarini, jumladan tibbiy qismlarni yuborişini tasdiqlagan. Şuningdek, u “Tinçlik kengaşi” uçun katta miqdorda mablağ ajratilişini va Ğazodan 500 nafar talabaga Qozoğiston OTMlarida tahsil oliş uçun stipendiya berilişini malum qilgan.

Hozirça aniq sonni faqat Indoneziya aytgan: u 5 mingdan 8 ming nafargaça harbiy yuborişga tayyor. Dastlab ular Ğazo janubidagi Rafah hududiga joylaştiriladi, keyin esa masuliyat hududi kengaytiriladi. Şuningdek, 12 ming nafar falastinlik politsiya xodimini tayyorlaş rejalaştirilgan. Bu vazifani Misr va Iordaniya öz zimmasiga olgan.

“Tinçlik kengaşi” Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi çoğida taşkil etilgan bölib, köplab muhokamalarga sabab bölgan. Tanqidçilar uni BMTga muqobil tuzilma sifatida baholamoqda. Yiğilişda qariyb 50 davlat va YeI vakillari iştirok etgan.

Mutaxassislarning takidlaşiça, Ğazoni töliq tiklaş uçun 7 mlrd dollar yetarli emas, umumiy xarajatlar 70 mlrd dollarga baholanmoqda.

Ayni paytda rejalar jiddiy tösiqlarga duç kelmoqda. Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu tiklaş işlari faqat HAMAS qurolsizlantirilgandan keyingina boşlanişini takidlagan. Guruh esa bu talabni qatiy rad etmoqda. Barqarorlaştiriş kuçlarida iştirok etayotgan davlatlardan heç biri hozirça HAMASni majburiy qurolsizlantiriş vazifasini öz zimmasiga olişga tayyorligini bildirmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: