Xayrullo Ibodullayevga “Jasorat” medali topşirildi
27-02-2026, 06:52
449 марта

Xayrullo Ibodullayevga “Jasorat” medali topşirildi
Bugun, 26 fevral kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi Özbekistonning Boş konsulxonasida 7-qavatdan tuşib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgan Xayrullo Saydullayeviç Ibodullayevga “Jasorat” medalini topşiriş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov xabar berdi.Qayd etilişiça, Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Botir Asadov sözga çiqib, Prezident farmoniga muvofiq özbek xalqiga xos jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini namoyon etgani uçun Xayrulla Ibodullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlanganini takidlagan.
Xayrulla Ibodullayev uşbu davlat mukofotiga loyiq körilgani uçun Prezidentga öz minnatdorligini bildirgan, şuningdek, u öz harakatini qahramonlik emas, balki insoniy burç deb hisoblaşini aytgan.
Bundan taşqari taqdirlaş marosimida Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxona xodimlari, köplab özbekistonliklar hamda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etgan.