Vaziyat jiddiy: Özbekistondan Yaqin Şahrqqa parvozlar jadvali özgarmoqda
28-02-2026, 17:30
94 марта

Vaziyat jiddiy: Özbekistondan Yaqin Şahrqqa parvozlar jadvali özgarmoqda
Eron havo hududidan foydalanişga joriy etilgan çeklovlar munosabati bilan “Uzbekistan” Airways aviakompaniyasi Özbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligi bilan hamkorlikda ayrim xalqaro reyslar jadvaliga özgarişlar kiritmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot kotibi Qizlarxon Begmatova malum qildi.Uning bildirişiça, özgarişlar Toşkent–Dubay, Şarm-eş-Şayx, Jidda, Tel-Aviv yönalişlari hamda qaytiş reyslariga taalluqli. Parvozlar xavfsizligini taminlaş maqsadida reyslar muqobil havo yönalişlari orqali amalga oşirilmoqda, bu esa parvoz vaqti va jadvalga tasir qilişi mumkin.
Xususan, BAA havo hududidan foydalanişga joriy etilgan vaqtinçalik çeklovlar munosabati bilan hamda parvoz xavfsizligini taminlaş maqsadida, bugun, 28 fevraldagi HY334 (Dubay – Toşkent) reysi majburiy ravişda keçiktirilgan.
Çeklovlar bekor qilinganidan söng, Eron havo hududidagi çeklovlarni inobatga olgan holda, parvoz muqobil yönaliş böyiça amalga oşiriladi.
Yangilangan harakat jadvali qöşimça ravişda elon qilinadi.
“Aviakompaniya yölovçilardan reyslarning yangilangan uçiş va qöniş vaqtlarini rasmiy axborot manbalari orqali oldindan aniqlaşlarini söraydi”, deyiladi xabarda.