Mol göşti importi rekordi yana yangilandi
7-05-2025, 13:27
780 марта

Aprel oyida Özbekistonga jami 58,9 mln.dollarlik göşt mahsulotlari import qilingan. Buning 47,7 mln.dollari mol göşti hissasiga töğri keladi (bu navbatdagi yangi rekord, mart oyida 40,2 mln.dollarlik mol göşti import bölgandi). Ötgan yilning apreliga soliştirganda mol göşti importi 1,91 karra oşgan.
Mol göşti örtaça 4,06 dollardan import bölmoqda (ötgan yili 3,93 dollardan).
Tovuq (1,27 karra) va qöy göşti (1,29 karra) importi ham ösişda davom etmoqda.
Etiborlisi tovuq göşti örtaça narxi (1,1 dollar) özgarmay qolgan bölsa, import qilinayotgan qöy göştining örtaça narxi 2,76 dollardan 0,73 dollargaça tuşgan. Bu qanaqadir şubhali. Yo raqamlar xato ketgan yo qanaqadir lazeyka paydo bölgan.
Importning keskin oşişiga qaramay, göşt narxi ösişdan töxtagani yöq. Rasmiy statistikaga işonilsa, göşt işlab çiqariş birinçi çorakda 3,6%ga oşgan va 564,1 ming tonnaga yetgan.
Ayrim hududlarda xuddi eski zamonlardagidek, tadbirkorlarga yuklama orqali mamuriy tarzda “arzonlaştirilgan” göşt savdolari tiklangan (sifati alohida masala).Tarmoqlarda ijtimoiy muassasalarda ovqatga göşt solinmayotgani holatlari qayd etila boşlangan.