Xorazmda Tibbiy suğurtani joriy qilinmagani tanqid qilindi
7-05-2025, 14:34
492 марта
Xorazmda Tibbiy suğurtani joriy qilinmagani tanqid qilindiTibbiy suğurtani joriy qiliş surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi. Toşkent şahrida ötgan yili, Qoraqalpoğiston, Navoiy, Samarqand, Farğona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili uşbu tizim işga tuşişi kerak edi. Suğurta jamğarmasi faqat tayyor pulni taqsimlovçiga aylanib qolgani körsatib ötildi.
“Belgilangan islohotlarimiz qançalik töğri bölmasin, tizim raqamlaşmasa, kutilgan natijaga erişa olmaymiz”,
- dedi Prezident.
Lekin mutasaddilar tizimni töliq raqamlaştiriş u yerda tursin, oddiy “elektron retsept”ni ham işga tuşira olmagani tanqid qilindi. “Elektron poliklinika”, “Elektron şifoxona”ni joriy etişda ham jiddiy oqsoqliklar bor.
“Vazirlik rahbarlari dunyoqaraşini özgartirib, fidoyi bölmasa, masuliyatni his qilib, sörovni kuçaytirmasa, islohotlar mahallagaça yetib bormaydi”,
- dedi davlatimiz rahbari.
Şu bois, yöl qöyilgan kamçilik va xatolar uçun soğliqni saqlaş vazirining örinbosarlari D.Sultanov, F.Şaripov lavozimidan ozod etildi, vazir örinbosari O.Omonov 6 oyda raqamlaştirişda özgariş qilmasa, işdan olinişi haqida ogohlantirildi.