USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada topilgan özbekistonlik ayol jasadi Özbekistonga qaytarildi

382 марта

Turkiyada topilgan özbekistonlik ayol jasadi Özbekistonga qaytarildi

Istanbuldagi örmon hududidan özbekistonlik ayol jasadi topildi va Özbekistonga qaytarildi. 
Joriy yilning 6 mart kuni Turkiya hududida öldirilgan va malum vaqt davomida qidiruvda bölgan, asli samarqandlik 46 yoşli Dilafröz Çölliyevaning jasadi Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mehnat migratsiyasi agentligi kömagida Özbekistonga qaytarildi. 

Malum qilinişiça, Dilafröz Çölliyeva 2026 yil 25 yanvar kuni Turkiyaning Balikesir hududidagi iş joyidan nomalum tomonga çiqib ketgan va bedarak yöqolgan. Şu munosabat bilan uning öğli Taşqi işlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali murojaat yöllagan. 

Mazkur murojaatdan söng, Özbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan Turkiya Taşqi işlar vazirligiga tegişli nota yuborildi hamda Turkiya Içki işlar vazirligi Xavfsizlik boş boşqarmasi bilan hamkorlikda qidiruv işlari yölga qöyildi.


Anqaradagi Elçixona va Istanbuldagi Boş konsulxona, diaspora taşkilotlari, advokatlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan qidiruv işlari olib borildi. 

2026 yil 28 fevral kuni Balikesir tumanidagi örmon hududidan şaxsi nomalum jasad topildi. 
Jasad uzoq vaqt davomida qolib ketganligi sababli taşqi körinişidan aniqlaş imkoni bölmagan. Şu bois topilgan jasad va marhumaning öğlidan qon namunalarini oliş orqali tibbiy soliştiruv (DNA) tekşiruvlari ötkazildi va jasad Dilafröz Çölliyevaga tegişli ekani tasdiqlandi. 
Mazkur jinoyatni sodir etişda gumonlanib 4 nafar şaxs qölga olingan bölib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avval Istanbulda Sayyora Ergaşaliyeva va Durdona Hakimovaning jasadi topilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: