“Haj – 2025” mavsumida hojilarga qança ellikboşi va mingboşi xizmat qiladi?
8-05-2025, 00:10
398 марта
“Haj – 2025” mavsumida hojilarga 14 nafar mingboşi, 303 nafar ellikboşi xizmat qilişi malum böldi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.Malum qilinişiça, 7-may kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov raisligida “Haj – 2025” mavsumida hojilarga xizmat körsatadigan ellikboşilar iştirokida videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Tadbir avvalida muftiy ellikboşilarni uşbu masuliyatli vazifaga tayinlangani bilan tabriklab, joriy yilda hojilarga xizmat körsatiş uçun 14 nafar mingboşi, 303 nafar ellikboşi, şuningdek, işçi guruhi, şifokorlar va oşpazlar jalb qilingani haqida malumot berdi.
Muftiy ellikboşilar va guruh rahbarlariga haj amallarini töğri tuşuntiriş, yangi fiqhiy masalalardan xabardor böliş, Fatvo markazi tomonidan elon qilinayotgan muhim fatvolarni hojilarga yetkaziş kabi masalalarga jiddiy etibor qaratiş lozimligini takidladi.
Yiğiliş davomida hojilar uçun möljallangan maxsus Call-markaz va Telegram-bot işga tuşirilgani, Madina şahrida hojilarga maxsus beyjik-bitoqa taqdim etilişi va ularni doimo taqib yurişlari lozimligi haqida axborot berildi.
“Haj amalini bajarayotgan kişiga kömak bergan, uning oğirini yengil qilgan inson uluğ ajru savoblarga noil böladi, inşoalloh. Şu bois har bir ellikboşi ana şunday uluğ darajalarni maqsad qilib, Rahmonning mehmonlariga Özi rozi böladigan darajada sidqidildan xizmat qilişi lozim”, deydi Nuriddin Xoliqnazarov.
Yiğilişda Makka va Madinadagi işçi guruhlar faoliyati, ziyoratçilarning ibodatlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, aviaqatnovlar jadvali, mehmonxonalar tayyorgarligi, Mino, Arafot va Muzdalifadagi joylarning holati xususida ham axborot berildi.
Şuningdek, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari Obidjon Qodirov va Şifokorlar guruhi rahbari Alişer Saatov taşkiliy işlar, tibbiy xizmat, hujjatlar, jamoaviy intizom, xavfsizlik va ogohlik masalalarida muhim tavsiyalarni berdi.
Tadbir yakunida yilgi haj mavsumining muvaffaqiyatli ötişi uçun duolar qilindi.