Özbekistonga Rossiya va Qozoğistondan köçib keluvçilar soni köpaydi
31-03-2026, 15:35
62 марта

Özbekistonga Rossiya va Qozoğistondan köçib keluvçilar soni köpaydi
2025 yil davomida Özbekistonga xorijiy davlatlardan 1 159 kişi doimiy yaşaş maqsadida köçib keldi va ularning katta qismi Rossiya va Qozoğiston mamlakatlariga töğri keladi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.Qömita malumotiga köra, ötgan yilda xorijiy davlatlardan jami 1 159 nafar şaxs Özbekistonga doimiy yaşaş uçun köçib kelgan.
Köçib kelganlarning asosiy qismi Rossiya hissasiga töğri kelib, umumiy körsatkiçning 39,9 foizini taşkil etgan. Qozoğistondan kelganlar uluşi 20,3 foizni, Tojikistondan kelganlar esa 10,3 foizni taşkil qilgan. Şuningdek, Qirğizistondan 4,3 foiz, Turkmanistondan 3,1 foiz köçib kelganlar qayd etilgan. Qolgan 22,1 foiz esa boşqa davlatlar hissasiga töğri keladi.
Hududlar kesimida esa doimiy yaşaş uçun köçib kelganlarning eng köp qismi Toşkent şahriga – 698 kişiga töğri kelgan. Şuningdek, Toşkent viloyatiga 275 kişi va Qoraqalpoğiston Respublikasiga 101 kişi köçib kelgan.
Qolaversa, Sirdaryo viloyatiga 24, Farğona viloyatiga 14, Jizzax va Navoiy viloyatlariga 12, Buxoro viloyatiga 11, Xorazm viloyatiga 7, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlariga 2, Namangan viloyatiga esa 1 kişi köçib kelgan.