Özbekistonda 1 yilda oltin quymalari savdosi beş yillik körsatkiçlardan oşdi - Markaziy bank
1-04-2026, 16:31
84 марта
Özbekistonda 1 yilda oltin quymalari savdosi beş yillik körsatkiçlardan oşdi - Markaziy bankYil davomida banklar 660 kg dan ortiq oltin quymalarini sotdilar, bu 2020-2024 yillardagi umumiy sotuv hajmidan oşib ketdi.
2020 yil noyabr oyidan 2025 yil 30 dekabrgaça ötkazilgan tahlil natijalariga köra, banklar orqali aholiga umumiy oğirligi 1,2 tonna bölgan jami 65 150 dona ölçovli oltin quymalari sotilgan. Bu haqda Markaziy bank şarhida aytiladi.
Uşbu davrda oltin quymalari bilan operatsiyalarni amalga oşiruvçi banklar soni 12 tadan 19 taga, sotuv nuqtalari soni esa 34 tadan 170 taga köpaydi.
Xususan, 2025 yilda uşbu segmentda talab sezilarli darajada oşdi: yil davomida banklar tomonidan 661 kg yoki 33 939 dona oltin quymalari sotildi. Bu körsatkiç 2020-2024 yillardagi umumiy savdo hajmidan oşib ketdi.
Şunga köra, 2025 yilda aholiga sotilgan ölçovli oltin quymalar (33 939 dona) miqdori 2020-2024 yillarda sotilgan jami quymalar (31 211 dona) miqdoridan 8,7% ga köp bölgan.
Uşbu ösiş asosan 2024-2025 yillarda oltinning jahon narxlari tarixiy maksimumlarga yaqinlaşgani bilan izohlanadi. Oltin narxining oşişi fonida aholining jamğarma va investitsiya maqsadlarida ölçovli oltin quymalariga bölgan talabi ham ortib bormoqda.
Aholi orasida 5 va 10 grammli quymalar eng köp talabga ega - ularga barça sotuvlarning 60% dan ortiği töğri keladi. Bu şundan dalolat beradiki, ixçam quymalar jamğarişning eng qulay va arzon vositasiga aylanmoqda. Bundan taşqari, 2025 yildan boşlab 100 grammlik quymalar muomalaga kiritildi.
Bundan taşqari, 2020-2025 yillar davomida banklar tomonidan aholidan umumiy oğirligi 201 kg bölgan 11 828 dona ölçovli oltin quymalari sotib olingan.