Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat bölganlarni 1 yilgaça qamaş taklif qilinyapti
5-04-2026, 06:30
121 марта

Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat bölganlarni 1 yilgaça qamaş taklif qilinyapti
Özbekiston Ekologik partiyasining Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraktsiyasi deputatlari «Hayvonlarni şafqatsiz munosabatdan himoya qiliş töğrisida»gi qonun loyihasini işlab çiqildi.Qayd etilişiça, qonun loyihasi köplab xorijiy mamlakatlarning şu yönalişdagi ijobiy tajribasi asosida işlab çiqilib, unda faqat jazo masalasi emas, balki muammoning ildiziga tasir qiluvçi çoralar nazarda tutiladi.
Jumladan:
- hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat hisoblanadigan xatti-harakatlarni qonun bilan aniq belgilaş va uşbu harakatlarni qatiy taqiqlaş;
- hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş harakatlari uçun jinoiy javobgarlikni qayta körib çiqiş, bunda bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravarigaça jarima qöllaş yoki 1 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş (amaldagi 50 barobargaça va 6 oy ozodlikdan maxrum qiliş);
- aybdor şasxlarga javobgarlik qöllanilişi bilan birga hayvonlarga yetkazilgan jarohatlar uçun aybdor hayvonni soğligini tiklaş bilan boğliq veterinariya xarajatlarini töliq qoplaşi şartligini belgilaş (hatto bu xarajatlar hayvonning bozor qiymatidan ança yuqori bölgan holatlarda ham);
- hayvonlar bilan jamoat joylarida böliş uçun qulay muhitlarni (Pet-friyendly) taşkil etiş, jumladan közi ojizlarga hamrohlik qiluvçi itlar (it-yölboşlovçilar) va emotsional kömakçi hayvonlarni jamoat transportida olib yurişda imtiyoz berişni qonuniy mustahkamlaş;
- hayvonlar egalarining ularni himoya qiliş, veterenariya xizmatlarini körsatişni taşkil etiş, qarovsiz qoldirmaslik kabi majburiyatlarini belgilaş, hayvonlarni taşlab ketiş holatlariga barham beriş;
- talim muassalarida va ommaviy axborot vositalarida hayvonlarga ğamxörlik va ularga mehrli munosabatda böliş madaniyatini şakllantirişga oid tuşuntiriş va xabardorlikni oşiriş işlarini olib boriş hamda şafqatsiz munosabatni va uning tarğibotini taqiqlaş kabi muhim yönalişlar qamrab olingan.