USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saida Mirziyoyeva AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio bilan nonuşta qildi

167 марта

Saida Mirziyoyeva AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio bilan nonuşta qildi

Keça, 7 aprel kuni AQŞning Vaşington şahrida Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonuşta formatida uçraşdi. Bu haqda Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Tomonlar suhbat davomida Amerika–Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi yiğilişini muhokama qilgan.
“Suhbat çoğida Amerika–Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi yiğilişi natijalarini muhokama qildik, şuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izçil kengayib borayotganini qayd etdik”, deya yozgan Administratsiya rahbari.
Şuningdek, Mirziyoyeva strategik şeriklikni yanada rivojlantirişga qöşayotgan katta hissasi uçun Davlat kotibiga minnatdorlik bildirgan.

Qayd etiş joiz, joriy yilning 6 aprel kuni AQŞning Vaşington şahrida Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi rasman öz faoliyatini boşladi. Kengaş faoliyatining maqsadi qöşma biznes taşabbuslari uçun mustahkam institutsional asos yaratişga qaratilgan. Unda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, AQŞning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, elçi Serjio Gor hamda Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi maslahatçi-elçisi – Prezident Administratsiyasining AQŞdagi vakili Komil Allamjonov iştirok etgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: