Ota-onalar diqqatiga: 1-sinfga qabul töliq elektronlaştirilyapti
9-04-2026, 17:56
361 марта

Ota-onalar diqqatiga: 1-sinfga qabul töliq elektronlaştirilyapti
Özbekistonda 2026-2027 öquv yili uçun umumiy örta talim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari töliq elektron şaklda amalga oşiriladi. Bu haqda Maktabgaça va maktab talimi vazirligi xabar qildi.Qayd etilişiça, qabul jarayonlari ikki xil tartibda amalga oşiriladi. Unga köra, 20 iyun – 31 iyul oraliğida mikrohudud doirasida hamda 1 avgust – 31 avgust sanalari oraliğida mikrohududdan taşqarida onlayn tarzda arizalar qabul qilinadi.
Şuningdek, onlayn qabul joriy etilgan tuman va şahrlar soni 64 tadan 135 taga, maktablar soni esa 1956 tadan 5689 taga oşirilgan. Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va my.maktab.uz orqali topşiriladi.
Yangi öquv yili uçun qabul yoşi ananaga muvofiq 7 yoşga tölgan bolalar, yani 2026-2027 öquv yili uçun 2019 yil 31 dekabrgaça tuğilganlar uçun belgilangan.
Onlayn tizim joriy etilmagan hududlarda qabul oddiy tartibda maktablar tomonidan amalga oşiriladi. Qolaversa, qabul jarayonlarining şaffofligini taminlaş maqsadida barça malumotlar maktablarda oçiq elon qilinadi.
Malum qilinişiça, 12 nomdagi öquv qurollari bölgan Prezident sovğalari joriy yining 20 avgustiga qadar barça maktablarga yetkaziladi.