100 ming sömlik tilla va kumuş tangalar sotuvga çiqarildi
10-04-2026, 10:57
595 марта
100 ming sömlik tilla va kumuş tangalar sotuvga çiqarildiÖzbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan maxsus esdalik tangalarini muomalaga çiqarmoqda.
Malum qilinişiça, esdalik tangalari 31,1 gramm oğirlikdagi sof oltin va kumuşdan tayyorlangan bölib, ularning asillik darajasi 999,9 ni taşkil etadi. Har bir tanga texnik xususiyatlarini tasdiqlovçi maxsus sertifikat bilan sotuvga çiqariladi.
Esdalik tangalarning old tomonida Amir Temur portreti, Toşkent va Samarqand şaharlaridagi Sohibqiron haykallari, şuningdek Oqsaroy va Amir Temur maqbarasi tasvirlangan. Tanga hoşiyasida "AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGI" yozuvi hamda Sohibqiron yaşagan yillar — 1336–1405 sanasi keltirilgan.
Tangalarning orqa tomonida Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi, nominal qiymati — 100 000 söm, şuningdek "ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" yozuvi aks ettirilgan. Pastki qismida tangalar zarb etilgan yil — 2026-yil körsatilgan. Şu bilan birga, tanganing çap qismida metall turini anglatuvçi AU (oltin) yoki AG (kumuş) belgisi, öng tomonida esa uning oğirligi — 31,1 gramm körsatilgan.
Şuningdek, tangalarning ayrim namunasida Amir Temur portreti bilan birga Oqsaroy va Amir Temur maqbarasi tasvirlari joylaştirilgan bölib, orqa tomonida "Temur tuzuklari"dan hikmatli sözlar keltirilgan. Tanga hoşiyasida "ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" yozuvi va pastki qismida Amir Temur bayroğidagi uç halqa belgisi aks ettirilgan.