Prezident quriliş sohasidagi byurokratiya va korruptsiyani tanqid qildi
14-04-2026, 17:22
68 марта

Prezident quriliş sohasidagi byurokratiya va korruptsiyani tanqid qildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş sohasida byurokratiya, korruptsiya, sansalorlik köpligi uçun qurilişni boşlaş oylab, yillab çözilayotgani tanqid qildi. Bu haqda davlat rahbari bugun, 14 aprel kuni bölib ötayotgan uy-joy qurilişi va urbanizatsiya sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida söz oçgan.Yiğilişda 500 dan ziyod developer, quruvçi, loyihaçi, arxitektor va urbanistlar iştirok etmoqda.
Dunyoda quriliş industriyasi şiddat bilan özgaryapti, sohaga zamonaviy loyiha yeçimlari, yangi texnologiya va standartlar kirib kelmoqda. Şu manoda, davlat rahbari mamlakatdagi quriliş tizimi bugungi özgarişlarga qançalik mosligi, soha rahbarlari zamon talab qilayotgan tezkorlik va sifat böyiça masuliyatni his qilayotgani, seysmologiya va zilzilabardoşlik böyiça xavflarni inobatga olib, yangi yeçimlar işlab çiqilayotgani borasida savollar köpligini bildirgan.
Tadbirkorlik uçun yiliga 6,5 ming gektar yer, 600 ming kvadrat metrli bino-inşootlar savdoga çiqarilmoqda, kiçik va örta biznes uçun 140 trillion söm resurs berilmoqda. Lekin yer, kredit kabi asosiy masalalari hal bölgan tadbirkorlar qurilişni boşlaş bosqiçda tösiqlarga uçrayotgani qayd etildi.
Prezident tadbirkorlarning hali aktivga aylanmagan yeriga soliq, kreditiga foiz hisoblanayotgani, lekin byurokratiya, korruptsiya, sansalorlik köpligi uçun qurilişni boşlaş oylab, yillab çözilayotganini tanqid qilgan.
Şu bois, soha vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilib, mingdan ortiq quruvçi va loyiha taşkilotlarining takliflari olingan. Yiğilişda uşbu taklif va taşabbuslar asosida işlab çiqilgan yangi çora-tadbirlar muhokama qilinmoqda.