USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Ravşan zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

403 марта

“Ravşan zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

“Ravşan zolotoy” laqabi bilan tanilgan özbekistonlik Ravşan Muhitdinov Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi sörovi bilan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqdagi elon Interpol saytida paydo böldi. 

Qayd etilişiça, 1988 yilda tuğilgan Ravşan Muhitdinov Jinoyat kodeksining 173-moddasi 3-qismi (Mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş), 242-moddasi 2-qismi (Jinoiy uyuşma taşkil etiş), 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan ayblanmoqda.

Aytiş örinliki, Ravşan Muhitdinovning bojasi Sanjar Karimov (Sanjik) uy mojarosi ortidan hibslangan edi. 10 aprel kuni uning işi böyiça birinçi sud majlisi bölib ötdi. Sanjar Karimov Jinoyat kodeksining 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi hamda 273-modda (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ravşan Muhitdinov taniqli tadbirkor va Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasining (AIBA) sobiq prezidenti Ğofur Rahimovning jiyani hisoblanadi.
Ravşan Muhitdinov 2007 yilda (18 yoşida) Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari (jumladan, jinoiy uyuşma taşkil etiş) bilan ayblanib, qidiruvga berilgan. U 12 yil davomida Özbekistondan taşqarida (asosan Istanbul va Dubayda) istiqomat qilgan.
2019 yilda unga nisbatan elon qilingan qidiruv bekor qilindi va u Özbekistonga qaytib keldi. Xabarlarga köra, unga nisbatan qözğatilgan jinoiy işlar qayta körib çiqilib, oqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ravşan Muhitdinovning öz toğasi Ğofur Rahimov bilan moliyaviy masalalarda kelişmovçiligi bölgani va bu nizo hatto jismoniy tazyiqlargaça borib yetgani haqida videomurojaatlar tarqalgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: