USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çet tili sertifikatiga ega yoşlarga yangi imtiyozlar beriladi

48 марта

Çet tili sertifikatiga ega yoşlarga yangi imtiyozlar beriladi

Özbekistonda B2 darajaga erişgan yoşlar uçun xorijiy pasport rasmiylaştiriş uçun boj, C1 daraja va tadbirkorlik taşabbuslari uçun ayrim davlat xizmatlari tölovlar 50 foizgaça kamaytirilişi mumkin. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan “Yangi Özbekiston yoşlari – 2030” strategiyasi loyihasida söz boradi.

Qayd etilişiça, bu mamlakatda yoşlarga oid qabul qilinayotgan birinçi yaxlit strategiya bölib, Yangi Özbekistonni barpo etişda yoşlarning örni va salohiyatini yanada töliq röyobga çiqarişga qaratilgan.
Bugungi kunda Özbekiston aholisi 38 million nafarni taşkil etayotgan bölsa, şundan 9,5 millioni yoki qariyb 25 foizi 14-30 yoşdagi yigit-qizlardir. Har yili 270 mingta yoş oila şakllanmoqda. Ana şu demografik omil yoşlar siyosatiga uzoq muddatli va tizimli yondaşuvni talab etmoqda.


Strategiyada yoşlar bandligini taminlaş va tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, sifatli va inklyuziv talimni rivojlantiriş, xorijiy tillarni ommalaştiriş va kasbiy talimni kengaytiriş, mehnat bozorini rağbatlantiriş hamda yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş, madaniy, jismoniy va marifiy rivojlanişni kuçaytiriş, volontyorlik harakatini keng yoyiş, yoşlar salomatligini mustahkamlaş, şuningdek, oçiqlik va iştirok mexanizmlarini kengaytiriş kabi ustuvor yönalişlar belgilangan.

Taqdimotda 2030 yilga qadar erişilişi lozim bölgan asosiy maqsadli körsatkiçlar körib çiqilgan. Xususan, har yili 600 ming nafar yoşning bandligini taminlaş, 2030 yilga qadar 900 ming yoşni volontyorlikka jalb etiş, öquv markazlari sonini 90 mingtaga yetkaziş, 450 ming nafar yoşning xorijiy tillar böyiça bilimini B2 darajasiga olib çiqiş, yoşlar jinoyatçiligini kamaytiriş, har yili kamida 10 mingta yoş oilani ipoteka orqali qöllab-quvvatlaş kabi vazifalar nazarda tutilgan. Talim sohasida yoşlarning sifatli bilim olişi, nodavlat talim xizmatlarini qöllab-quvvatlaş, çekka hududlarda öquv markazlari imkoniyatlarini kengaytiriş, xorijiy tillarni örganişni rağbatlantiriş böyiça yangi imtiyozlar nazarda tutilgan.

Jumladan, olis va çekka hududlarda öquv markazlarini taşkil etişga 300 million sömgaça ssuda ajratiş, ular uçun ijtimoiy soliqni va öqituvçilarining daromad soliğini 1 foiz etib belgilaş taklif etilgan. Şuningdek, B2 darajaga erişgan yoşlar uçun xorijiy pasport rasmiylaştiriş uçun bojni, C1 daraja va tadbirkorlik taşabbuslari uçun ayrim davlat xizmatlari tölovlarini 50 foizgaça kamaytiriş taklif qilinmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: