Yaponiya ikki özbekistonlikni deportatsiya qildi
26-04-2026, 15:47
141 марта

Yaponiya ikki özbekistonlikni deportatsiya qildi
Joriy yilning 24 aprelida Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi Yaponiyada noqonuniy ravişda yaşab turgan 2 nafar Özbekiston fuqarosini mamlakatdan çiqarib yubordi. Bu haqda Özbekistonning mamlakatdagi elçixonasi xabar berdi.Fuqarolardan biri Yaponiyaga “talaba” vizasi bilan kirgan, ammo keyinçalik öqişdan haydalganiga qaramay, mamlakatda noqonuniy ravişda qolib ketgan va rasmiylar tomonidan hibsga olingan. Yana bir fuqaro qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat berilgan qoliş muddati tugaşiga qaramay mamlakatdan çiqib ketmagan.
Yapon diplomatlarining qayd etişiça, qisqa muddatli viza bilan Yaponiyada işlaş taqiqlangan. Talaba vizasini olib borganlar esa, agar öqişdan çetlatilsa, Yaponiyada yaşaş maqomi bekor qilinadi.
“Yaponiyaga “Turizm” yoki “Talaba” maqomidagi viza bilan kirib, “uzoq muddat qoliş mumkin” yoki “işlaş mumkin” degan çaqiruvlar butunlay yolğon. Şu kabi yolğon maqsadlar bilan Yaponiyaga kirişga yöl qöyilmaydi. “Talaba” vizasi işlaş uçun emas, balki faqatgina mamlakatda öqiş uçungina beriladi. Agarda mamlakatda noqonuniy ravişda yaşayotgan şaxslar aniqlansa, ular politsiya tomonidan hibsga olinadi va bunday şaxslarga nisbatan immigratsiya muassasasida uşlab turiş yoki deportatsiya qiliş kabi qatiy çoralar köriladi. Bundan taşqari, Yaponiya hukumati – şu kabi şaxslar haqida Özbekiston hukumatiga malumotlarni berib borayotganligi sababli, Özbekistonga qaytgandan keyin ham ularga nisbatan tegişli çoralar körilişi mumkin”, deyiladi xabarda.