Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi spektakl tomoşasiga bordi
Bugun, 12 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbek milliy akademik drama teatrida “Adolat fasli” spektakli tomoşasiga bordi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.
“Amir Temur hayotidan bir kun haqida hikoya qiluvçi kuçli sahna asari bölibdi. Boş rolni kuni-keça “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlangan Yodgor Sadiyev ijro etdi. Özbekiston xalq artistini köp yillik mehnatining yuksak etirofi hamda qutluğ sana – 80 yillik yubileyi bilan çin dildan tabriklayman”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirişiça, ijodiy jamoa Sohibqiron siymosini nafaqat uluğ hukmdor va sarkarda, balki, avvalo, beqiyos matonat egasi, metin irodali inson sifatida namoyon eta olgan.

“Biz bugun Milliy teatrimiz va unga hayotini bağişlagan fidoyi insonlarning ulkan salohiyatini qalban his etdik”, deydi Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari, Özbekiston Milliy Paralimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva Özbek Milliy qöğirçoq teatrida Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalaştirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomoşa qilgandi.