Saida Mirziyoyeva ham Urgutga poyezdda bordi
18-12-2025, 10:04
258 марта

Saida Mirziyoyeva ham Urgutga poyezdda bordi
Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva keça, 17 dekabr kuni “Samarqand – Urgut” yangi temiryöl liniyasida poyezd bilan Urgutgaça bordi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.“Keça Urgutda böldik. Samarqanddan Urgut vokzaligaça yangi temir yöl orqali keldik. Bu yöl Urgutda erkin iqtisodiy zona şakllanişi, tadbirkorlar, yölovçilar uçun masofa va xarajatlarni qisqartirişga xizmat qiladigan muhim infratuzilma böladi”, deydi Mirziyoyeva.U, şuningdek, Özbekiston–Tojikiston çegarasida savdo, logistika va tibbiyot markazlarini taşkil etiş loyihasi bilan tanişgan.
“Yangi logistika markazi kuniga 100 tagaça yuk avtomobiliga xizmat körsatişi rejalaştirilgan. Bu yerda logistika faqat taşiş emas, balki mahsulot qiymatini oşiruvçi bosqiç sifatida körilmoqda. Bojxona jarayonlarida byurokratiya qisqarib, tezlik va şaffoflik oşiriladi”, deya yozgan Saida Mirziyoyeva.