Şavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni mamlakatning milliy bayrami – Rossiya kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Maktubda uşbu sana rus xalqining boy manaviy merosi hamda har tomonlama taraqqiyot sari intilişni aks ettirişi takidlangan.
Şuningdek, tabrik xatida bugun mamlakatlar örtasidagi ikki tomonlama aloqalar izçil kengayib, hududlararo va gumanitar hamkorlik yangi surat kasb etayotgani qayd etilgan. Yaqinda Sankt-Peterburg şahrida ötgan oliy darajadagi muzokaralar ikki davlat örtasidagi ananaviy döstlikni yana bir bor tasdiqlagani bildirilgan.
“Işonamanki, erişilgan kelişuvlar Özbekiston va Rossiya örtasidagi döstlik va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yölida köp qirrali şeriklikning ulkan salohiyatini röyobga çiqariş uçun mustahkam asos bölib xizmat qiladi”, deyiladi tabrik xatida.
Malumot uçun, 1990 yil 12 iyunda RSFSR xalq deputatlari qurultoyi tomonidan “Rossiyaning davlat suvereniteti töğrisidagi Deklaratsiya” qabul qilingan. Şu sababli uşbu sana mamlakat mustaqilligi va yangi davlatçiligining boşlanişi sifatida belgilangan.Dastlab (1992 yildan) bu bayram “Davlat suvereniteti töğrisidagi Deklaratsiya qabul qilingan kun” deb atalgan. 2002 yildan boşlab esa rasman “Rossiya kuni” deb özgartirilgan.