Şavkat Mirziyoyev Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati bilan tabrik yölladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot kotibi xabar berdi.
“Sizni boy tajribaga ega, öz xalqining hurmat va ehtiromiga sazovor bölgan atoqli davlat arbobi sifatida yaxşi bilamiz. Sizning qatiy siyosiy yetakçiligingiz va mustahkam irodangiz tufayli Amerika Qöşma Ştatlarining xalqaro maydondagi obrö-etibori va qudrati tobora mustahkamlanib borayotganini alohida takidlaşni istar edim”, deyiladi maktubda.
Şuningdek, Özbekiston va AQŞ örtasidagi munosabatlarning bugungi suratiga alohida etibor qaratilgan. Özaro hurmat, işonç va muştarak manfaatlarga asoslangan aloqalar sönggi yillarda izçil rivojlanib, sifat va mazmun jihatidan yanada boyib borayotgani qayd etilgan.
“Bugun Özbekiston – AQŞ aloqalari har qaçongidan ham mustahkam va amaliy ruh kasb etayotgani ham ayni haqiqatdir”, deyiladi maktubda.
Özbekiston rahbari oçiq va konstruktiv hamkorlikka intilayotgan mamlakat sifatida Özbekiston AQŞ bilan köp qirrali va strategik şeriklikka asoslangan aloqalarni yanada çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini bildirgan. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga alohida ahamiyat qaratilayotgani qayd etilgan.
Özbekiston Prezidenti Donald Trampning tinçlik va barqarorlikni taminlaşga qaratilgan xalqaro say-harakatlarini yuksak qadrlaşini takidlagan. Turli xalqaro va mintaqaviy platformalar doirasidagi köp tomonlama hamkorlik bundan keyin ham rivojlanib, yangi amaliy natijalar bilan boyib borişiga işonç bildirilgan.
Strategik şeriklikning istiqbolli yönalişlarini batafsil muhokama qiliş maqsadida Özbekiston Prezidenti amerikalik mavqedoşini Özbekistonga ilk tarixiy taşrif bilan kelişga taklif etgan.
Yakunda Özbekiston yetakçisi Donald Trampga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, masuliyatli davlatçilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik va farovonlik tilagan.