USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Boş vaziri Toşkentga keladi

105 марта
Россия Бош вазири Тошкентга келади

Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin 16–17 iyun kunlari amaliy taşrif bilan Toşkent şahrida böladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

U taşrif doirasida Özbekiston rahbariyati bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Rossiya hukumati matbuot xizmati malum qilişiça, muzokaralarda energetika, jumladan tinç atom energetikasi, sanoat, transport infratuzilmasi, qişloq xöjaligi va boşqa yönalişlardagi qöşma loyihalarni ilgari surişga alohida etibor qaratiladi.

Mişustin, şuningdek, V Toşkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ham iştirok etadi.

Rossiya hukumati apparati malumotlariga köra, Özbekistonda Rossiya kapitali iştirokida 3 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Rossiyada esa özbekistonlik sarmoyadorlar iştirokida 700 dan ortiq kompaniya mavjud.

Hozirgi kunda Özbekistonda Rossiya iştirokida umumiy qiymati 4 trillion rublga teng 150 ta investitsiya loyihasi amalga oşirilmoqda. Şuningdek, Rossiyaning 82 ta hududi Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yölga qöygan bölib, hududlararo hamkorlik böyiça 70 dan ortiq kelişuv imzolangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida rasmiy taşrif bilan Özbekistonga kelgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: