Slovakiya boş vaziri Robert Fitso Özbekistonga keladi
8-06-2025, 11:41
432 марта

Slovakiya boş vaziri Robert Fitso Özbekistonga keladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Boş vaziri Robert Fitso 8-10 iyun kunlari rasmiy taşrif bilan mamlakatimizda böladi.Taşrif dasturiga muvofiq, Toşkent şahrida oliy darajadagi muzokaralar bölib ötadi, Özbekiston-Slovakiya köp qirrali hamkorligini yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.
Ustuvor yönalişlar - savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qişloq xöjaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida şeriklikni kengaytirişga alohida etibor qaratiladi. Taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va talim sohalaridagi hamkorlik masalalari körib çiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, köp tomonlama maydonlarda özaro qöllab-quvvatlaş yuzasidan fikr almaşiladi.
Yetakçilarning uçraşuvi yakunida Özbekiston bilan Slovakiya örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
Taşrif doirasida Slovakiya Boş vaziri Robert Fitso IV Toşkent xalqaro investitsiya forumida ham iştirok etadi.