Toşkentda xalqaro moliya markazi taşkil etiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumida investorlar huquqlarini işonçli himoya qiliş va sarmoyaviy jozibadorlikni oşiriş maqsadida Toşkent xalqaro moliya markazi taşkil etilişini malum qildi.
Markaz iştirokçilari uçun soliq va bojxona imtiyozlari 50 yil muddatga amal qiladi.
Davlat rahbarining takidlaşiça, investorlar huquqlarini kuçli institutlar va xalqaro mexanizmlar orqali taminlaş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Şu maqsadda joriy yilning mart oyidan Toşkent xalqaro moliya markazini taşkil etiş böyiça işlar boşlangan.
Qayd etilişiça, markazning huquqiy asoslari Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi. Uning iştirokçilari uçun jozibador soliq rejimi joriy qilinib, foyda soliği, qöşilgan qiymat soliği, mol-mulk soliği hamda bojxona bojlari nol foiz etib belgilanadi.
Şuningdek, kapitalning erkin harakati, istalgan valyutada hisob-kitob qiliş imkoniyati töliq kafolatlanadi. Markaz doirasida moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar va “yaşil” moliya sohalari uçun zamonaviy infratuzilma yaratiladi.
Prezidentning malum qilişiça, markaz hududida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham taşkil etiladi.
Dastlabki bosqiçda mazkur imtiyozlar va maxsus huquqiy rejimning amal qiliş muddati 50 yil etib belgilanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Özbekiston iqtisodiyoti jadal suratlarda ösişda davom etayotganini takidlab, 2026 yil yakunlariga köra mamlakat yalpi içki mahsuloti 180 milliard dollardan oşişi kutilayotganini malum qilgandi.