USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident islomiy banklar töğrisidagi qonunni imzoladi

173 марта

Prezident islomiy banklar töğrisidagi qonunni imzoladi

Özbekistonda rasman islomiy banklar faoliyatining huquqiy asoslari belgilandi. Bu haqda keça, 27 mart kuni “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

Qayd etilişiça, uşbu qonun Markaziy bank tomonidan mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan birgalikda sohaga oid xalqaro standartlar hamda ilğor xorijiy tajribani inobatga olgan holda işlab çiqilgan.
Qonun bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 7 ta qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.
Xususan, uşbu qonun bilan:
  • qonunçilikka islomiy bank faoliyati, islomiy moliya operatsiyalari, islomiy moliya standartlari hamda investitsiyaviy omonat (depozit) tuşunçalari kiritilmoqda;
  • islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya joriy qilinib, mazkur litsenziyani oliş böyiça aniq talablar örnatilmoqda;
  • islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyaga ega banklar tomonidan amalga oşiriladigan islomiy moliya operatsiyalari röyxati keltirilmoqda;
  • islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi banklarga bevosita savdo faoliyatini amalga oşirişga hamda yuridik şaxslarni taşkil etiş va yuridik şaxslarning ustav fondlaridagi uluşlarni yoki aktsiyalarni çeklovlarsiz olişga ruxsat berilmoqda;
  • islomiy moliya faoliyati bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştiriş maqsadida Markaziy bank va banklarda islomiy moliya kengaşini taşkil etiş hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.
  • Bundan taşqari, islomiy moliya operatsiyalariga soliq solişning öziga xos xususiyatlari belgilab berilmoqda.
Uşbu qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran 3 oydan söng kuçga kiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: