Prezident 2026 yil uçun Davlat byudjeti töğrisidagi qonunni imzoladi
26-12-2025, 12:36
142 марта

Prezident 2026 yil uçun Davlat byudjeti töğrisidagi qonunni imzoladi
Keça, 25 dekabr kuni “2026 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida”gi Qonun qabul qilindi.Mazkur qonun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi tomonidan 2025 yil 5 dekabrda kabul kilingan va Senat tomonidan 2025 yil 18 dekabrda maqullangan.
Uşbu Qonunning maqsadi 2026 yil uçun Özbekiston Respublikasining konsolidatsiyalaşgan byudjetini şakllantiriş va ijro etiş bilan boğliq munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Qonunga köra, 1-darajali byudjet mablağlarini taqsimlovçilarga Özbekiston Respublikasining respublika byudjetidan uşbu Qonunga muvofiq ajratiladigan byudjet mablağlaridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga ötkazilmaydi.
2026 yil uçun quyidagilar tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvçi jismoniy va yuridik şaxslar uçun belgilangan ijara tölovining eng kam stavkalari;
- tovarlarning ayrim turlari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun yiğimlarning çeklangan stavkalari;
- çet davlatlar avtotransport vositalarining Özbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğimlarning stavkalari.
Uşbu Qonun 2026 yil 1 yanvardan etiboran kuçga kiradi.