“Oltin sotuvidan kelgan ortiqça daromad byudjet taqçilligini qisqartirişga sarflanişi mumkin” — Ahadbek Haydarov
19-12-2025, 18:21
85 марта

“Oltin sotuvidan kelgan ortiqça daromad byudjet taqçilligini qisqartirişga sarflanişi mumkin” — Ahadbek Haydarov
Keça, 18 dekabr kuni senatorlar 2026 yil uçun Özbekiston davlat byudjeti töğrisidagi qonunni maqulladi. Qonun muhokamasi çoğida byudjet prognozlarida oltin narxi ösişi inobatga olinganmi, degan savol yangradi.Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarovning aytişiça, oltin narxi özgarişi uzoq muddatli tendentsiyalardan kelib çiqib prognoz qilinadi.
“Oltin narxi oxirgi ikki yilda jahon iqtisodiyotidagi noaniqlik va murakkabliklar sabab ortib boryapti. Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaganda har doim oltin narxi konservativ tarzda inobatga olinadi. Yani qisqa muddatli narx tebranişlari emas, balki uzoq muddatli tendentsiyalar, yani unga tasir qiluvçi fundamental faktorlardan kelib çiqib belgilaganmiz. Agar oltin narxi qisqa muddatli narxlar oşişi hisobiga qöşimça daromadlar keltirsa, bu böyiça axborot beriladi. Oltindan qöşimça daromadlarning bir qismi yil davomida qabul qilinadigan qaror va farmonlar asosidagi maqsadlarga yoki byudjet taqçilligini qisqartirişga xizmat qiladi”, dedi vazir örinbosari.
